Seul shahri meri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Shavkat Mirziyoyev 3-iyul kuni Seul shahri meri Pak Von Sunni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: UzA

Seul shahri meri Shavkat Mirziyoyevga Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning ushbu mamlakatga joriy yilning oxirigacha davlat tashrifi bilan borish taklifini shaxsan topshirish uchun Toshkentga kelgan.

Uchrashuvda qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq birodarlashgan shaharlar – ikki davlat poytaxtlari Toshkent va Seul o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi.

Zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash asosida shaharni boshqarish, transport tizimi va uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shaharsozlik, arxitektura va landshaft dizayni sohalarida o‘zaro faol hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya poytaxtlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyiha va dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish maqsadida muntazam tashriflar almashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Latest from Blog