Sergilida mashinadan 22 million so‘m o‘margan o‘g‘rilar qo‘lga tushdi

2017-yilning 27-aprel sanasida, noma’lum shaxslar, Sergeli tumani hududida joylashgan “Qum-Ariq Metan” yoqilg‘i quyish shahobchasi oldida “Kobalt” rusumli avtomashina salonidan 22.000.000 so‘m naqd pullarini o’g’irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: NewsRoom

IIBB matbuot xizmati jabrlanuvchining shaxsini ma’lum qilmagan.

Xabarga ko‘ra, o‘g‘rilar davlat raqami belgisi bo‘lmagan “Neksiya-2” rusumli avtomashinasida hodisa joyidan qochib ketganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar jarayonida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlanganlar Akmal Rasulov, Dilmurod Ziyaev va Bexzodbek Nizamitdinovlar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindilar.

Mazkur jinoiy guruh a’zolariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar