Sergey Lebedev “Sharq taronalari” festivalida qatnashadi

Bugun, 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Sergey Lebedev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlar: “Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining dunyo tamadduni tarixidagi o‘rni” nomli konferentsiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivalida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MDH Ijrochi direktori Toshkentda Abdulaziz Komilov bilan Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari kengashi, Toshkent shahrida tashkil etiladigan MDH Hukumat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlikning borishini muhokama qilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar