Sergey Lavrov Toshkentda MDH TIVlari Kengashida ishtirok etadi


Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 7-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tadigan MDH tashqi ishlar vazirliklari kengashida ishtirok etish uchun keladi. Bu haqda RF tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga taynib TACC xabar qildi.

“Toshkant shahrida MDH tashqi ishlar vazirliklarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri ishtirok etadi, -dedi vakil. – Joriy yilda Rossiya MDHda raislik qiladi”.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar davlatlararo hamkorlik masalalarini keng ko‘lamda muhokama qilishadi. MDH mamlakatlarining tashqi siyosatini yanada rivojlantirish masalasi hamda eng dolzarb tashqi siyosiy muammolar bo‘yicha fikr almashishadi.

Latest from Blog