Sergelida kanalizatsiya quvuri yorilib ketdi, hovlilar oqova suvlari ostida qoldi

24-fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasida yer osti kanalizatsiya quvurida avariya yuzaga keldi. Avariya natijasida mahalla hududidagi to‘rtta xonadon hovlisiga qisman oqova suvlari toshib kirdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: FVV

Avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilindi.

Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar