Sergelida Janubiy Koreyaga ishlashga yuborish bahona pul ishlagan firibgar ayol ushlandi

Toshkentda bir fuqaroni Janubiy Koreyaga ishlashga yuborish bilan aldab, undan katta miqdorda pul olgan firibgar ayol ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

“3-aprel kuni taxminan soat 10:00 larda muqaddam sudlangan Kim Alyona Olegovna Sergeli tumani hududida fuqaro Bayramov Javohir To‘xtasinovichning ishonchiga kirib, unga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishda yordam berishini bildirib, aldov yo‘li bilan undan 3 ming dollar pulini olgan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Latest from Blog