Transport vazirligining maʼlumot berishicha, bu yoʻnalishning oʻziga xosligi oraliq masofa 6,9 kilometrni tashkil etishida boʻlib, bu Sergelining zich joylashgan aholisiga qulaylik yaratadi.

“Sergeli” yoʻnalishi “Choshtepa”, “Toshkent halqa yoʻli”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” bekatlaridan iborat. Hozir qurilish jarayonida 100 foiz temir-beton konstruksiya ishlari bajarilgan. Yer osti ishlari tugatilgan. 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, ayni kunlarda yer usti metro liniyalarida temiryoʻl panjaralarini oʻrnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yuqorida sanalgan bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chogʻda ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.