Sergeli avtomobil bozori boshqa yerga ko‘chiriladi

Sergeli tumani hududida joylashgan avtomashina bozori ko‘chirilishi haqida hukumat o‘z loyihalariga ega. Yaqin davr mobaynida bu borada yakuniy qaror qabul qilinadi. Bu haqda 1news.uz saytining hukumatdagi manbasi ma’lum qilgan.

Foto: Uz24.uz

Prezident tashabbusi bilan Sergeli tumanida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadlarini ko‘zlaydi.

“Tuman hududida joylashgan avtomobil bozori ortiqcha tirbandliklarga sabab bo‘lib, aholiga qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu maqsadda hukumat mazkur bozorni Toshkent viloyati hududiga ko‘chirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi. Mazkur takliflar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 10-iyul kuni tumanga tashrifi doirasida muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, Sergeli avtomobil bozorini Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridan biriga ko‘chirish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar