Serbiyada prezidentlik saylovlari boshlandi


Yakshanka, 2-aprel kuni Serbiyada prezident saylovlari boshlandi. Saylovda tashkil etilgan 8400 ta uchastkada 6,7 million saylovchi ovoz berish uchun kelishi mumkin. Bu haqda Interfax xabar qilmoqda.

Saylovda ovoz berish Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da to‘xtatiladi.

Serblar o‘z prezidentini besh yillik muddatga saylashadi.

Saylovda 11 ta nomzod ishtirok etmoqda. Ular orasida mamlakat bosh vaziri Aleksandr Vuchich ham bor.

 

Latest from Blog