Senatorlar “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonunni maʼqulladi

Bugun, 11-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda.

Foto: Senat axborot xizmati

Adliya vazirligining izohlashicha, Senat tomonidan maʼqullangan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonunda narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi qaror uning yashash joyidagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan 20 kunlik muddatda, ushbu shaxs hozirligida qabul qilinishi belgilanmoqda.

Mahalliy davlat hokimiyati, mehnat organlari davolanib chiqqanlarni ishga joylashtirish hamda maishiy turmushga moslashishida koʻmaklashishi huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

️Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog