Senatda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlarga doir qonun ko‘rib chiqildi

Avvalroq, 24-avgust kuni soat 10.00 da Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi ochilgani haqida xabar bergan edik.

Foto: senat.uz

Senatorlar tomonidan birinchi kuni “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shuningdek, yalpi majlis ish kunida yuqorida sanab o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama etildi va senatorlar tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi 25-avgust kuni davom etishi aytib o‘tilgan.

Latest from Blog