Savdo-sanoat palatasining sobiq rahbari O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida Londonga jo‘nab ketdi

28-iyul kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Alisher Shayxov Toshkentdan London shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uz24

Alisher Shayxov (1956-y.t.) Toshkent davlat universitetining bitiruvchisi, iqtisod fanlari nomzodi. Bunga qadar 11 yil davomida – 2006-yilning aprelidan joriy yilning 20-iyun sanasiga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga raislik qilgan.

Latest from Blog