Saulyus Skvernyalis: Belorus Litva bilan chegaralarni yopsa, munosib javob qaytaramiz

Litva Bosh vaziri Saulyus Skvernyalis Belorus umumiy chegarani yopib qoʻygan taqdirda yetarli darajada javob berishni vaʼda qilmoqda. Bu haqda “Ria.ru” sayti xabar berdi.

ria.ru

Avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko respublikadagi norozilik harakatlariga gʻarbiy davlatlar, shu jumladan, Litva rahbarlik qilganligini aytib, Polsha va Litva bilan chegarani yopish niyatida ekanligini eʼlon qildi.
Litva bosh vazirining soʻzlariga koʻra, agar chegara yopiq boʻlsa, Belarus traktorlari ham Litvaga kirmaydi. “Koʻrinib turibdiki, bu mamlakat iqtisodiyotiga yana bir jiddiy zarba boʻladi. Menimcha, bu amalga oshirilmaydi, ammo agar shunday boʻlsa, javob yetarli boʻladi”, dedi u.
Skvernyalisning aytishicha, ushbu qarorlar turli sohalarga turlicha taʼsir qiladi, ammo bu Litva uchun juda jiddiy zarba boʻlmaydi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog