Saudiya Arabistondagi roumingga “Beeline” 95% gacha chegirma bermoqda

“Beeline” aloqa operatori Haj vaqtida Saudiya Arabistonda bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda.  Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelishuv yordamida “Beeline” mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin. Bu haqda mobil operatrining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Pinterest

Chegirmalar “Zain SA” (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) va STC (Saudi Telecom Company) operatorlari tarmog‘ida 2017-yilning 1-avgustidan 15-oktyabriga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:

  • Internet (avvalgi narx — $19.66, yangi narx — $1.00)
  • SMS (avvalgi narx — $0.60, yangi narx — $0.10)
  • Kirish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $2.40, yangi narx — $1.00)
  • Saudiya Arabiston bo‘ylab mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $1.80, yangi narx — $1.00)
  • O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $3.60, yangi narx — $0.10)

Quyidagi operatorlar abonentlatimizning telefon ekranlarida «Zain SA», «42004», «KSA04» yoki «STC», «42001», «KSA01» yoki «ALjawal» sifatida ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

Latest from Blog