Sardor Milano “Novaya volna” tanlovi gʻolibi boʻldi

Oʻzbekistonlik xonanda, “Golos” tanlovi finalchisi Sardor Milano Sochida boʻlib oʻtgan “Novaya volna 2017” yosh ijrochilar tanlovi gʻolibiga aylandi. Bu haqda uznews.uz xabar bermoqda.

Foto: Sardor Milanoning shaxsiy arxividan

U tanlovda 362 ball toʻpladi. Sardor bilan birga birinchi oʻringa shuningdek, armanistonlik Erna Mir va Moldovaning “Doredos” triosi sazovor boʻldi. Ular ham 362 balldan toʻplashdi.

“Novaya volna 2017” tanlovi 8-14-sentabr kunlari Sochida boʻlib oʻtdi. Unda 11 mamlakatdan 11 nafar ishtirokchi gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

Latest from Blog