Sardobadagi falokat oqibatida 32 mingga yaqin uy hayvoni yo‘qolgan

Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini 31 mingdan ortiq uy hayvoni yo‘qolishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 31 719 ta uy hayvoni yo‘qolganligi aniqlangan (13 685 ta yirik va mayda shoxli qoramol, ot, 17 752 ta parranda va 282 ta boshqalar).

Ta’kidlanishicha, hozirga qadar 5 859 ta hayvon o‘lik holda topilgan va zararsizlantirilgan. Jumladan:

  • 4 178 ta yirik va mayda shoxli qoramol, ot;
  • 1 442 ta parranda;
  • 239 ta boshqa hayvon.

Shuningdek, 5 160 ta yirik va mayda shoxli qoramol, 5 143 ta ot tirik holda topilgan bo‘lib, ular o‘z egalariga qaytarilgan.

Avvalroq Sirdaryodagi toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog