Sardobada uy quramiz deb 41 million soʻm yiqqan fuqaro aniqlandi – IIB

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boʻlimi Sardoba fojiasini bahona qilib shaxsiy hisob raqamiga 41 milliondan ortiq mablagʻ jamlagan firibgarlar haqida ogohlantirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida “Diqqat xayriya – Sardobada uy quramiz” deb fuqaro D.J nomiga “Davrbank”dan ochilgan plastik kartasiga 2020 yilning 2 may kunidan 8 may kuniga qadar 41 679 708 (qirq bir million olti yuz yetmish toʻqqiz ming yetti yuz sakkiz) soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari yigʻilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat boʻyicha surushtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyilgan xabarda.

Shu sababli Sirdaryo viloyati IIB fuqarolardan ijtimoiy tarmoq va boshqa joylarda tekshirilmagan maʼlumotlar orqali xayriya qiling, uy quramiz, yordam beramiz deb bong urayotgan ayrim firibgarlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni Sirdaryoda sodir boʻlgan favqulodda holatdan soʻng 70 mingda ortiq aholi evakuatsiya qilingan edi. Shundan soʻng butun Oʻzbekistondan jabrlanganlarga yordam aksiyasi boshlanib ketdi. Barcha mahalla, tashkilot va boshqa uyushmalar oʻz qamrovi asosida mablagʻ, oziq-ovqat, kiyim-kechak, oʻquv qurollari va kitoblar jamlay boshladi. Xayriya yordamlari viloyat va shaharlar boʻyicha bir joyga toʻplanib markazlashtirilgan tartibda Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog