Foto: Kun.uz

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar mansabdorga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

/

10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida “Sardoba ishi”ga oid yopiq sud doirasida 17 nafar mutasaddi shaxslarga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

“Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda koʻrib chiqildi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, M. Xolmatov (“Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj” UK bosh direktorining oʻrinbosari — Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

S. Rudnev (“UzGIP” MCHJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.

S. Abdunazarov (“Sirdaryo suv qurilish invest” DUK rahbari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.

B. Asadov (“TOʻPALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “Toʻpalang Sherobod” SHK) UK rahbari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.

L. Tojiddinov (“TOʻPALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “Toʻpalang Sherobod” SHK) UK ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 125 225 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.

K. Roʻziyev (“TOʻPALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 97 540 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.

A. Shukurov (“TOʻPALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 125 225 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.

I. Kattabekov (“Omad dubl” MCHJ rahbari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi.

Oʻ. Xamrayev (“Omad dubl” MCHJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Mamirov (“Omad dubl” MCHJ ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

S. Muroduloyev (“Sariosiyo qurilish” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

A. Murodullayev (“Sariosiyo qurilish” MCHJ direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

F. Maxmudov (“Trans servis kompleks” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Z. Jabborov (“Trans servis kompleks” MCHJ direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Kuchkarov (Suv xoʻjaligi vazirligi Suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida 22 300 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 126 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash 6 865 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.

F. Danaboyev (“Sardoba” suv ombori obʼektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.

S. Kaxxorov (“Sardoba” suv ombori obʼektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudlanuvchilardan oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish oqibatida hamda “Sardoba” suv ombori oʻpirilishi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish choralari belgilandi.

Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari va fuqaroviy daʼvogarlarga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi, deyiladi xabarda.

Latest from Blog