Sankt-Peterburg — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha charter reys chiptalariga erkin sotuv ochildi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻz Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil 21-sentabr oyida Sankt-Peterburg shaharlaridan Toshkentga charter qatnovga erkin sotuv ochilganini maʼlum qildi.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

“Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga parvoz qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, PCR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (qatnov joʻnashidan 72 soatdan koʻp boʻlmaganda) taqdim etilgan holda ruxsat beriladi. PCR maʼlumotnomasi boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniya qatnovlariga qoʻyilmaydi. Iltimos, ushbu reysda cheklangan oʻrindiqlar mavjudligiga eʼtibor bering.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Uzbekistan Airways “ AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog