Sankt-Peterburg metrosida terrorchilik hujumida jarohatlangan ayol vafot etdi

Shifoxonada Sankt-Peterburg metrosida terrorchilik hujumida jarohatlangan ayol vafot etdi. Bu haqda shahar hokimi o‘rinbosari Anna Mityaninaga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

1960-yilda tug‘ilgan ayol 21-aprel kuni Moskva vaqti bilan 6:05 da hayotdan ko‘z yumdi. Ayolning vafotidan so‘ng, terakt qurbonlari soni 16 kishiga yetdi.

3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining ko‘k liniyasidagi “Sennaya ploshad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlarida terakt sodir etildi. Halok bo‘lganlarning soni bugunga kelib 16 kishiga yetdi. 50 kishi turli tan jarohatini olgan.

Latest from Blog