Samsungda maosh qancha? Qanday ishga kirish mumkin?

Samsung qanday paydo boʻlgan?

Samsung Group (Samson Group) jahon bozorida yuqori texnologiyali komponentlar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan, shu jumladan integral mikrosxemalar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio va video qurilmalarning toʻliq siklini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Samsung
aleqt.com

Janubiy Koreyaning Geongang-do provinsiyasining shimoliy qismida joylashgan Dayegu shaharchasidagi omborxonalarning birida 1930-yillarda Koreyalik tadbirkor Li Byon Chxol guruchli un ishlab chiqarish boʻyicha oʻz biznesini yoʻlga qoʻyadi.

Li Byon Chxol kompaniyasini “Samsung” deya nomladi. Bu soʻz kelib chiqishiga koʻra, koreys tilidagi “Samson” yaʼni “Uch yulduz” degan maʼnoni anglatadi. Hozirda ushbu nomni Samsung asoschisi Li Byon Chxol oʻzining uch oʻgʻli sharafiga nomlagani eʼtirof etiladi.

Samsung qanday isloh qilindi?

Janubiy Koreya iqtisodiyoti yiliga 6 foizdan 14 foizgacha tez surʼatlarda rivojlanishga erishdi. Ushbu davrda eksportning oʻsishi 30 foizni tashkil etdi. Shunday qilib, 1969-yilda Samsung maishiy elektronika va yarimoʻtkazgich mahsulotlarini ishlab chiqaradigan “Sanyo” korporatsiyasi bilan birlashgach oq va qora rangda koʻrsatuvchi televizorlarni ishlab chiqara boshladi.

Sanyo va Samsung birlashuvi Samsung Group kompaniyasining eng katta tarmoqlaridan biri – Samsung Electronics kompaniyasining tashkil etilishiga turki boʻldi. Kompaniya katta yoʻqotishlarga qaramay, 1980-yillardagi iqtisodiy inqirozdan omon qoldi. Biroq inqiroz bir nechta filiallar sonining keskin kamayishiga olib keldi.

XXI asrda Samsung

1983-yilda Samsung kompaniyasida shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. 1991-1992-yillarda shaxsiy mobil qurilmalar va mobil telefonlarni birinchi ishlab chiqarishni rivojlantirish ishlari yakunlandi.

2008-yilning uchinchi choragida Samsung oʻzining asosiy raqobatchisi – “Motorola Inc”ni ortda qoldirib, AQSHda uyali telefonlar savdosi boʻyicha birinchi oʻringa chiqib oldi. Soʻngra, Yevropada ham “Nokia Corporation”ni oʻyindan chiqarib yuborib, butun qitʼada birinchi oʻrinni egalladi.

Samsungning elektron, kimyo va ogʻir sanoati

Kompaniyaning elektron sanoat boʻlimlari butun dunyo boʻylab keng tarqalgan Janubiy Koreya (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vyetnam (2001), Tailand (2001), Ispaniya (2001), Rossiya (2008) mamlakatlarida rasmiy ofislari mavjud.

Samsung ogʻir sanoat sohasida konsernning ikkita boʻlinmasi mavjud:

Birinchisi – Samsung Heavy Industries;

Ikkinchisi –Hanwha Techwin(Samsung Techwin);

Ushbu ogʻir sanoatdan keladigan foyda Samsung korporatsiyasi daromadining 10 foizini tashkil qiladi. Chunki bu ikki ogʻir sanoat kompaniyalari asosan Janubiy Koreyaning ichki bozorida ishlaydi.

Ushbu boʻlimga kemasozlik, qurol ishlab chiqarish, neft va gaz quvurlari yotqizish va tankerlar qurishni kiritish mumkin. Bundan tashqari, katta loyihalar orasida Samsung KTX2 – koʻp maqsadli jangovar tayyorgarlik samolyotini, K9 oʻziyurar artilleriya ulkan gambitini, dunyodagi eng katta suyultirilgan gaz ballonini va Xin Los-Anjeles konteyner kemasini kiritish mumkin.

Samsung yengil sanoati
1954-yilda tashkil etilgan Samsung Cheil Industries kompaniyasi Janubiy Koreya bozorida moda sanoatining yetakchisiga aylangan. Shuningdek, kompaniya kimyoviy materiallar, sintetik qatronlar (ABS, PS) va yarimoʻtkazgichli displeylarni ishlab chiqarish uchun birikmalar yaratadi. Kompaniya “Bean Pole”, “Galaxy”, “Rogatis” va “LANSMERE” kabi zamonaviy Koreyaning kiyim-kechak brendlarini ishlab chiqaradi.

Samsungga qanday qilib ishga joylashish mumkin?

Samsung kompaniyasiga ishga kirmoqchi boʻlsangiz koreys tilini mukammal bilishingiz talab etiladi. Shuning uchun ishga joylashmoqchi boʻlgan chet el fuqarolari birinchi oʻrinda TOPIKdan imtihon topshirishadi. Bundan tashqari xalqaro ingliz tilini baholash tizimi – IELTSdan yuqori ball olgan boʻlishingiz kerak. Agar mazkur imtihonlardan aʼloga topshirgan boʻlsangiz ham quvonishga shoshilmang. Bu shunchaki debocha xolos. Eng muhimi IT sohasining yetuk bilimdoni boʻlishingiz va buni ularga isbotlab berishingiz talab etiladi.

Hozirda u yerga ishga joylashishning eng ommabop usuli kompaniyaning rasmiy veb-sahifasi orqali murojaat qilish hisoblanadi. Oʻsha joydan soʻralgan hujjatlarning elektron nusxalarini topshirasiz. Bu maʼlumotni Samsung kareralari havolasi orqali olishingiz mumkin.

Agar eʼtiborga olinadigan boʻlsangiz, suhbat 4-5 bosqichni oʻz ichiga olishi mumkin.
Samsungdagilar qancha maosh olishadi?

2020-yil 25-may holatiga koʻra, Samsung oʻz xodimlariga yiliga oʻrtacha 93,713 dollar toʻlagan. Korporatsiyada ish haqi yiliga oʻrtacha 50 051 dollardan 171 243 dollargacha miqdorni tashkil qiladi.

Ilmiy unvonga ega katta muhandisning Samsung kompaniyasida oʻrtacha yillik ish haqi 134,361 AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda “Muhandis-texnolog” unvoni bilan ishlaydiganlarning oʻrtacha yillik ish haqi 81,796 dollarni tashkil qiladi.

AQSHdagi Samsung Electronicsda eng kam oylik oluvchi Material Handler (Moddiy ishlov beruvchi) lavozimida faoliyat yurituvchilar uchun oʻrtacha ish haqi yiliga taxminan 24,155 dollar atrofida. Mobil mahsulotlar menejeri uchun toʻlov yiliga 185 803 dollar miqdorigacha. Samsung Electronicsning eng kam bir soatlik toʻlov paketi soatiga 8,74 dollarni, Test Engineer (Sinov muhandisi) shtati uchun soatiga 72,46 dollargacha miqdorni tashkil etadi.

Abdulla CHIMIRZAYEV tayyorladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog