Samarqandlik firibgar qoraqalpog‘istonlik ayolni 3000 dollarga chuv tushirdi

Samarqandlik 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, qoraqalpog‘istonlik ayolni chuv tushirdi. Bu haqda IIBning matbuot xizmati xabar berdi.

Yosh yigit Toshkent shahridagi Yashnobod tumani hududida 1971-yilda tug‘ilgan vaqtincha Mirobod tumanida ro‘yxatda turgan ayolni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, uy olib berishni va’da qilib 4 000 000 so‘m va 3000 AQSh dollarini olib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Biroq firibgarning nag‘masi o‘tmadi. U ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘p o‘tmay ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog