Foto: Videodan kadr

Samarqandda Zarafshon milliy tabiat bog‘ining 1,5 gektar maydoni yonib ketdi

Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog‘ida 3-iyul, shanba kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat FVB matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 21:10 da kelib tushgan. Xabarga asosan voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:51 yetib borganda, miliy bog‘ning 1,5 gektar maydonida to‘qayzorlar (malina, butazor, shox-shabba) yonayotgan bo‘lgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:51 da o‘rab olinib, soat 04:03 da o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Latest from Blog