Samarqandda qurol gilzasi olib kirishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

1

Samarqand aeroportida 2500 dona ov quroli gilza kapsulalarini olib kirishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib qalampir.uz sayti xabar berdi.

Foto: National Post

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni talabiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga maxsus ruxsatnomasiz qurol-yarog‘, o‘q-dori va ularning qismlarini olib kirish taqiqlangan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari mazkur tartiblarga buysunishni istamagan, “Vnukova-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.Rahimovga tegishli bagaj bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 2 turdagi 2500 dona ov quroli gilzasi kapsulalari yashirincha olib kirilayotgani aniqlandi.

Viloyat ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlari xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.Rahimovdan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 2000 dona sariq rangli kapsula(piston)lar ov o‘q-dori turiga kirmasligi, taqdim etilgan holida ov patronlar qismi hisoblanishi, shuningdek, 500 (besh yuz) dona alyuminiy rangidagi kapsula(piston)lar plastmassa gilzalarga qo‘yib foydalanish uchun mo‘ljallangani, ular foydalanish uchun yaroqli ekani ko‘rsatilgan.

Samarqand shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining 2017-yil 2-maydagi qaroriga muvofiq, fuqaro A.Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik holatini sodir etgan deb topilib, unga qonunchilikda belgilangan ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan jami 2500 dona gilza davlat foydasiga musodara qilingan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar