Samarqandda mahalla raisi qotillikka qoʻl urdi

Samarqand shahridagi «Dargʻom» kanali yonidan nomaʼlum erkak kishining boshida jarohatlari bilan jasadi topildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Foto: tvk6.ru

Surishtiruv ishlari natijasida jasadning shaxsi aniqlandi. Marhum Urgut tumanida yashagan K.B boʻlib chiqdi. Unga tegishli «NEXIA» rusumli avtomashina esa Samarqand shahrining Amir Temur koʻchasidan eshiklari qulflangan holda topilib, koʻzdan kechirish jarayonida avtomashinaning baʼzi joylarida qon dogʻlari borligi aniqlandi.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida marhum K.B. jazmani L.N.ning uyiga kelib, rashk oqibatida unga tan jarohati yetkazganligi, L.N. mahalla raisiga K.B.ni tartibga chaqirib qoʻyishni soʻraganligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, tungi soat oʻnlarda mahalla raisi L.N.ning uyiga kelib, K.B.ni uxlab yotganligidan foydalanib, boshiga bolta bilan urib oʻldirgan. Shundan soʻng L.N. va mahalla raisi jinoyatni yashirish uchun jasadni «Dargʻom» kanaliga olib borib tashlaydilar.

Holat yuzasidan mahalla raisi va L.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Latest from Blog