Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkilotiga a’zo 6 nafar shaxs aniqlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida terroristik tashkilotga a’zo bo‘lgan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyati IIB matbuot xizmati.

Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan 6 nafardan iborat “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolarining g‘ayriqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ular orasida muqaddam mazkur terroristik tashkilot g‘oyalarini targ‘ibot qilgani bois jinoiy jazoga mahkum etilgan shaxslarning borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida ushbu shaxslarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog