Foto: Everyday.uz

Samarqandda ayol hokimlik binosi oldida oʻziga oʻt qoʻymoqchi boʻldi

/

Samarqand viloyati hokimligi binosi oldida ayol oʻzini yoqib yubormoqchi boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro qurilishi bitmagan uyi buzilishga tushgani uchun shunday qilmoqchi boʻlgan. Taʼkidlanishicha, ushbu holat Samarqand tuman prokuraturasi binosida muhokama qilingan. Muhokamada viloyat prokurori oʻrinbosari va boshqa mutasaddilar ishtirok etgan.

Uning yakuniga koʻra, ayolning qonunga zid ravishda qurilgan uyi buziladigan boʻldi va fuqaroga subsidiya asosida uy-joy berish toʻgʻrisida xulosa qilingan.

Latest from Blog