«Samarqand» xalqaro aeroporti yana faoliyatini boshladi

Joriy yilning 1-avgustidan «Samarqand» xalqaro aeroporti ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun ochildi. Bu haqda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK xabar bermoqda.

Foto: Flickr/ t_y_l

Xabar qilinishicha, 1-avgust kuni «Samarqand» xalqaro aeroporti Rossiya Federatsiyasining «UTair» aviakompaniyasi samolyotlarini qabul qildi.

Eslatib oʻtamiz, «Samarqand» aeroporti faoliyati 2017-yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar, sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlagi hududini joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi sababli toʻxtatilgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar