Samarqand xalqaro aeroporti vaqtincha yopiladi

Samarqand xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida ta’mirlash ishlarining olib borilishi sababli bir oy davomida yopiladi.

Foto: Uzairways

STV.uz xabariga ko‘ra, xalqaro reyslar 1 iyuldan 31 iyulga qadar Samarqanddan Buxoro xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi.

Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi ham Samarqanddan amalga oshiriladigan reyslarini 4 iyuldan 1 avgustgacha Navoiy xalqaro aeroportiga ko‘chirishini e’lon qilgan. Yo‘lovchilar Sheremetevo — Navoiy — Sheremetevo reyslari orqali jo‘natiladi, biroq kompaniya ularni Samarqanddan Navoiyga olib borish va yana olib kelishda er usti transporti bilan ta’minlamaydi, deyiladi xabarda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar