Samarqand chorrahalarida ham kameralar oʻrnatiladi

Samarqand viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi Boshqarmasi boshligʻi Ravshan Toshmurodov aytishiga qaraganda yaqin kelajakda Samarqand chorrahalarida ham videoqayd kameralari oʻrnatiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati.

Foto: korda-group.ru

“Hammaga maʼlumki, 15-martdan boshlab Toshkentning  115 chorrahasida YHX qoidalari buzilish holatlarini foto va videoqayd qilish kameralari ishga tushgan. Ushbu tizim qisqa vaqt ichida oʻzining samaradorligini koʻrsatdi. Yaqin orada Samarqandda ham shunday tizim ishga tushiriladi. Videoqayd kameralari va svetoforlar yagona tizimda ishlaydi. Uning faoliyati uzuluksiz boʻlishi uchun shahar chorrahalarida quyosh batareyalari oʻrnatilmoqda”, — dedi Toshmurodov.

Uning aytishiga qaraganda, shahar svetoforlari faoliyatini optimallashtirish natijasida yoʻllarning oʻtkazish xususiyati oshadi va bu svetoforlarda toʻxtab turish vaqtini 20-25%ga,  chiqarish gazlarini va yonilgʻi sarfini 5-15 %ga qisqartiradi. Oxirgi ikki omil shahar ekologiyasiga ham ijobiy taʼsir qiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog