Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari maxsus poyezd reyslari orqali olib kelindi — Transport vazirligi

Maxsus poyezd reyslari orqali Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Unda aytilishicha, Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” hamda “Toshkent–Yekaterinburg–Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

“Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12-sentabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 834 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Shuningdek, 847 nafar yurtdoshlarimiz bilan 12-sentabr kuni Yekaterinburgdan Oʻzbekistonga joʻnagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi”, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog