Samara-Toshkent charter reysi chiptalariga erkin sotuv eʼlon qilindi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil 23-sentabr kuni Samara shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnovi chiptalariga erkin sotuv ochilganini maʼlum qildi. Xabarga koʻra, reyslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻz vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.
Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

“Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga parvoz qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, PCR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) maʼlumotnoma taqdim etilgan holda ruxsat berilishiga eʼtibor qaratishingizni soʻraymiz. PCR maʼlumotnomasi boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniya qatnovlariga qoʻyilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, kompaniya mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog