“Salomatlik poyezdi” Orolbo‘yida

Xayriya aksiyasi doirasida Orolbo‘yiga tashkil etilgan navbatdagi “Salomatlik poyezdi”ning dastlabki manzili Qo‘ng‘irot tumani bo‘ldi.

Foto: UzReport

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aktsiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbir davomida 1 ming 350 ga yaqin aholi yuqori malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, manzilli muruvvat yordami ko‘rsatildi.

“Salomatlik poyezdi”da ekologik jihatdan noqulay sharoitda istiqomat qilayotgan aholiga yordam tariqasida 15 milliard 167 million so‘mlik dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari, kattalar va bolalar kiyimlari, poyafzallar, sanitariya-gigiena vositalari olib kelindi.

“Salomatlik poezdi” To‘rtko‘l va Miskin temiryo‘l bekatlarida bo‘lib, Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlari aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar