Saidkamol Xodjaev «Agrobank» rahbari bo‘ldi

Saidkamol Xodjayev «Agrobank» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 3-avgust kuni shu haqdagi qarorni qabul qildi.

Foto: Gazeta.uz

Eslatib o‘tamiz, iyundan Saidkamol Xodjayev (1979-yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya instituti va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bitiruvchisi) Markaziy bank raisi o‘rinbosari, avvalroq — 2016-yil martidan — raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bank tizimida 1997-yil martidan ishlab kelmoqda. 2014—2016-yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruvi raisi bo‘lgan.

Latest from Blog