Saidaxon Mirrahimova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor etib tayinlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan, Mirrahimova Saidaxon Shuhratovna Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

S.Mirrahimovaga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini taʼminlash singari vazifalar yuklatildi.

Saidaxon Mirrahimova ayni paytgacha Samarqand viloyat ixtisoslashgan koʻz kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog