Foto: Zamin.uz

Saida Mirziyoyeva dissertatsiya yoqladi

Bugun Saida Shavkatovna M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot boʻyicha dissertatsiya yoqladi.

Bu haqda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov maʼlum qildi.

U Fond jamoasi nomidan Saida Mirziyoyevani ushbu muhim voqea bilan tabriklagan holda, kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq boʻyicha bakalavr darajasiga ega. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida huquqshunoslik magistri ilmiy darajasini olgan. 2010-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisod yoʻnalishida ikkinchi mutaxassislik boʻyicha magistrlik diplomini qoʻlga kiritgan.

Latest from Blog