Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi

Professional boks boʻyicha oʻta ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Instagramdagi MMA_Uzbekistan sahifasi bokschining Oʻzbekistonda olingan suratini joylashtirgan.

Руслан Чагаев Узбекистонга келди ✅@ruslanchagaev

Публикация от UZBEKISTAN MMA▫️BOXING (@mma_uzbekistan)

“Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi”, deyiladi suratga izohda.

Ayrim xabarlarga qaraganda, u oʻzi tugʻilib oʻsgan Andijon shahrida boʻlib turibdi.

Ruslan Chagayev 1978-yilda Andijonda tugʻilgan boʻlib, havaskor bokschilar oʻrtasida ikki marta jahon chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi.

U shuningdek, professional boksda ham faoliyat olib borgan boʻlib, afsonaviy bokschi Nikolay Valuyevni magʻlubiyatga uchratib, WBA yoʻnalishida jahon chempioni boʻlgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog