Ruminiyada vafot etgan shaxs shahar merligiga saylandi

Ion Aliman 17-sentabrda 57 yoshida koronavirusdan vafot etganiga qaramay, Deveselu saylovchilaridan tomonidan shahar merligiga saylandi – u 1600 ovozdan 1057 tasini qo’lga kiritdi.

Ovoz berishdan oldin byulletenlarda uning ismi yozilgan boʻlgan va ularni o’zgartirishga vaqt bo’lmagan.

Mahalliy jurnalist Euronews telekanaliga shahar aholisi Aliman haqida yaxshi taassurotga egaligi haqida xabar bergan, shuning uchun Alimanga berilgan ovozlar nafaqat ramziy qo’llab-quvvatlash namoyishi, balki uning raqiblariga aholiga Alimanning partiyasidan mer kerakligini bildirish toʻgʻrisidagi siyosiy xabar edi.

Mahalliy kengash a’zolari yangi saylovlar bo’lib o’tguncha uning o’rniga vaqtincha hokim o’rinbosarini tayinlashadi. Aliman bilan bir xil sotsial-demokratlar partiyasidan bo’lgan hozirgi o’rinbosar Nikolae Dobre ushbu lavozimga o’z nomzodini qo’yishni rejalashtirmoqda.

Ruminiys Markaziy saylov idorasi vakili Mircea Preotesku vaziyatni quyidagicha izohladi: “Ovoz berish jarayoni tasdiqlangandan so’ng, bugun, ehtimol, saylov byurosi marhumning oilasi tomonidan taqdim etilgan huquqiy hujjatga asoslanib saylovda gʻolib boʻlgan nomzodning vafot etgani tasdiqlanadi”.

Alimanda 4-sentabr kuni koronavirus aniqlandi va 13 kundan keyin Buxarestdagi kasalxonada vafot etdi.

Yakshanba kuni mahalliy aholi uning qabri oldida unga hurmat bajo keltirdi.

Mahalliy saylovlar dekabr oyida bo’lib o’tadigan umumiy saylovlarning debochasidir.

Ro’yxatga olingan 19 millionga yaqin saylovchilar yakshanba kuni mamlakat bo’ylab 43 mingdan ortiq mahalliy amaldorlar, kengash raislari va shahar hokimlarini saylaydilar.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog