Rossiyaning Sudandagi elchisi oʻlik holatda topildi

Rossiyaning Sudandagi elchisiz Mirgayas Shirinskiy mamlakat poytaxti Xartumdagi qarorgohida oʻlik holatda topildi, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, diplomat 23-avgust kuni vafot etgan, shu vaqtgacha oʻlim sababi noaniqligicha qolayotgan edi.

Ayni vaqtda vazirlik matbuotkotibi Sergey Konyashin chorshanba kuni kechqurun vafot etgan elchi Mirgayas Shirinskiyning oʻlimiga yuragidagi muammolar sabab boʻlgan boʻlishi mumkin, degan taxminlar bildirgan. Diplomat oʻlimi sababi rasman eʼlon qilingan emas.

«Bu hodisada qasddan sodir etilgan qotillik izlarini axtarish kerak emas», — deb yozgan politsiyadan olgan maʼlumotlarga tayangan holda Frans Press agentligi. Sudan politsiyasi agentlikka elchi «basseynda suzayotgan chogʻida vafot etganligini aytgan.

Sudan Tashvi ishlar vazirligi diplomat vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

1954 yilda tugʻilgan Mirgayas Shirinskiy 1977 yilda MGIMOni tamomlagan va shu vaqtning oʻzida diplomatik xizmatga kirishgan. U vazirlikning markaziy apparatida ham, chet elda ham faoliyat yuritgan. 2010 yilda unga Favqulodda va Muxtor Elchi maqomi berilgan. Shirinskiy 2013 yildan Rossiyaning Sudandagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Latest from Blog