Rossiyaliklar orasida O‘zbekistonga dam olgani borayotganlar soni ko‘paymoqda

Rossiya Davlat dumasi deputati, parlamentning MDH masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Irek Zinnurov O‘zbekiston bilan Rossiya mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik muvaffaqiyatlarini O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi aloqalar rivojlanib borayotgani misolida so‘zlab berdi, deb yozadi «Jahon» axborot agentligi.

Foto: Татар-информ

Parlament a’zosining aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishi mintaqaviy hamkorlikning faollashuviga ham turtki bo‘layapti. Xususan, o‘tgan yilda Tatariston prezidenti Rustam Minnixonovning O‘zbekistonga tashrifi, so‘ngra Rossiyaning ushbu respublikasiga o‘zbek delegatsiyasining borishi bugungi kunga kelib aniq natijalarni bermoqda.

“Tatariston Respublikasidan Rossiya Davlat dumasi deputati sifatida ushbu mintaqa taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib kelayapman. Xususan, turizm vazirimiz bilan suhbatda bo‘ldim. U menga hozirda O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida ushbu sohada ajoyib munosabatlar shakllanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Biz hamkorlikdagi loyihalarimizni rivojlantirmoqdamiz. Fuqarolarimiz orasida O‘zbekistonga dam olgani borayotganlar soni ko‘paymoqda. O‘zbekistonliklar ham bu yerga tez-tez kelishayapti. O‘tgan yilda Qozon shahrini ikki milliondan ziyod turistlar ziyorat qilgan bo‘lsa, ularning orasida o‘zbekistonliklar soni anchagina” ,- deb ta’kidladi Zinnurov.

U sayyohlik oqimi bo‘yicha bunday almashinuvlar ikki tomon uchun ham foydali ekanligini alohida e’tirof etdi.

Deputat hamkorlikdagi loyihalar, Toshkentda tashkil etilgan O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi singari tadbirlar qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkamlanishiga xizmat qilishi va oldinda turgan umumiy masalalarni hal etishga yordam berishini qayd etdi.​

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar