Rossiyalik mashhur aktrisaning sog‘lig‘i kundan kun yomonlashib bormoqda

Miya saratoniga qarshi kurashotgan Rossiyaning mashur “Mening ajoyib enagam” (“Моя прекрасная няня”) teleseriali yulduzi Anastasiya Zavorotnyukning ahvoli og‘irlashgan. Bu haqda Korrespondent.net nashri xabar bermoqda.

Foto: Novostivmire.com

OAV xabarlariga ko‘ra, “Laskoviy May” guruhining prodyuseri Andrey Razin Zavorotnyukning yashashiga sanoqli kunlar qolganini ma’lum qilgan. Razin go‘yo yulduz joylashgan shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilib, bemorning oldiga tashrif buyurish imkoni haqida so‘ragan. Ammo shifokorlar aktrisaning oldiga yaqin qarindoshlaridan boshqa hech kimni qo‘ymasliklarini aytishgan.

Razinning so‘zlariga ko‘ra, Zavorotnyuk davolanishning barcha mumkin bo‘lgan usullaridan o‘tgan, ammo natijasi bo‘lmadi.

Shuningdek, jurnalistlarning fikriga ko‘ra, Zavorotnyukning Moskva klinikasida davolanishni davom ettirishi unga kamida 20 ming yevroga tushishi mumkin.

Shu kunga qadar aktrisaning qarindoshlari tomonidan Anastasiya Zavorotnyukning ahvoli to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqnoma berilmadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog