Foto: Mudofaa Vazirligi Matbuot Xizmati

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi

///

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Oʻzbekistonga yetib keldi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ular Surxondaryo viloyati hududidagi Afgʻoniston bilan chegaradosh “Termiz” poligonida Oʻzbekiston — Rossiya Qurolli Kuchlari hamkorligida oʻtkaziladigan qoʻshma oʻquvlarda ishtirok etadi.

Mashgʻulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yoʻq qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.

Qayd etish joizki, Tojikiston ham Rossiya bilan qoʻshma oʻquvlarni oʻtkazmoqda. Yaqin kunlarda Su-25 samolyotlari Qirgʻizistondagi Rossiya harbiy bazasi aerodromidan Tojikistondagi “Gissar” aerodromiga koʻchirildi. Ekipajlar shartli dushmanning niqoblangan bazalarini qidirib topib, nishonlar boʻylab raketa-bomba zarbalarini bermoqda.

Latest from Blog