Rossiyalik bombardimonchilar toʻxtovsiz parvozlar boʻyicha rekord oʻrnatdi

Rossiyaning ikkita strategik bombardimonchi samolyoti bir kundan koʻproq vaqtni qoʻnishsiz havoda oʻtkazdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” sayti Rossiya mudofaa vazirligi maʼlumotiga tayanib. Taʼkidlanishicha, ikkita Tu-160 bombardimonchi samolyoti 25 soatdan koʻproq vaqt davomida parvoz qilgan. Uchish yoʻnalishi Shimoliy Muz va Tinch okeanlarining neytral hududlari boʻylab oʻtdi.

Tu-160
ria.ru

Parvoz va qoʻnish Saratov viloyatidagi Engels aerodromida sodir boʻldi. Toʻxtovsiz parvoz paytida Tu-160 samolyoti olti va Il-78 samolyoti uch marotaba havoda yonilgʻi quyishni amalga oshirdi. Marshrutning ayrim bosqichlarida raketa tashuvchilarga Su-35 qiruvchilari, shuningdek, xorijiy davlatlarning samolyotlari hamrohlik qildi. Rossiya bombardimonchilarining parvozi havo hududidan foydalanish boʻyicha xalqaro qoidalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
Bu Tu-160 uchun parvozlar oraligʻi va davomiyligi boʻyicha yangi rekorddir. Marshrutning umumiy uzunligi 20 ming kilometrni tashkil etdi, Aviatsiya qoʻmondoni Sergey Kobylashning taʼkidlashicha, hech kim ushbu samolyotlarda uzoqroq uchmagan.
Maʼlumot uchun, 2010-yilgi rekord Tu-160 samolyotida oʻrnatilgandi, u havoda 24 soat-u 24 daqiqa harakat qilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog