Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari hajmi 50% ga ortdi

2017-yilning dastlabki choragida Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 50,79% ga ortdi, deb xabar bermoqda Uz24.

Foto: Reader’s Digest

Rossiya Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, yanvar — mart oylari davomida Rossiyadan Oʻzbekistonga 570 mln dollar — oʻtgan yilga qaraganda 192 mln dollarga koʻp pul mablagʻlari yuborildi.

2016-yilning birinchi choragida pul oʻtkazmalari hajmi 378 mln dollar, 2015 yilda — 466 mln dollarni tashkil etganini hisobga olganda, bu soʻnggi yillardagi yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Shu vaqt mobaynida Oʻzbekistondan Rossiyaga yuborilgan pul oʻtkazmalari miqdori oʻtgan yilning birinchi choragidagi 82 mln dollardan 2017-yilda 68 mln dollarga pasaydi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar