Rossiyada o‘zbekistonlik yigit cho‘kayotgan bolakayni qutqarish chog‘ida halok bo‘ldi

10-iyul sanasida o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 12 yoshli bolakayni qutqarish chog‘ida halok bo‘ldi.

Voqea Sudjuk hududida cho‘milishga taqiqlangan joyda sodir bo‘lgan. Bir qancha kishilar 12 yoshli bola bilan dam olishga yo‘l olishgan va safar davomida ular kirish taqiqlangan Sudjuk oroliga borishgan. Bolakay aylanib yurgan paytida suvga yiqilib tushgan.

Marhumning do‘stlari bergan xabarga ko‘ra, yigit bolani qutqarish maqsadida suvga sakragan, bola qutqarilganidan keyit esa marhum suv ostiga g‘arq bo‘lgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Novorossiyskda dam olayotgan yana bir qizchani qutqargan. Yigitning o‘limi yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar