Rossiyada o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi tarixda so‘nggisi bo‘lib qolishi mumkin

FIFA Konfederatsiyalar kubogi musobaqasini isloh qilishni rajalashtirmoqda. Terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqa o‘rnida klublar ishtirokidagi turnir tashkil qilinishi mumkin, deya xabar bermoqda Stadion.uz.

Foto: Live Stream FIFA

Avvalroq FIFA rahbari Janni Infantino Konfederatsiyalar kubogi va dekabrda o‘tadigan klublar o‘rtasida jahon chempionati maqsadga qanchalik muvofiqligini o‘ylab ko‘rish haqida gapirgan edi.

Yangi musobaqa Qit’alararo kubok deb atalishi mumkin, unda 16 yoki 24 klub qatnashadi. Chempionlar ligasining oxirgi ikki yildagi g‘oliblari va finalchilari, Libertadores kubogi va Yevropa ligasi g‘oliblari, shuningdek, Osiyo, Afrika hamda Shimoliy va Markaziy Amerikaning klub musobaqalari g‘oliblari yangi musobaqa ishtirokchilari bo‘ladilar.

Shu tariqa, Rossiyada o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi-2017 tarixda eng so‘nggisi bo‘lib qolishi mumkin.

Latest from Blog