Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolari uchun bepul gazeta nashrdan chiqdi

Rossiyada mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun oʻzbek va rus tillaridagi bepul “MIGRANT” gazetasining nishona soni nashrdan chiqdi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.

Foto: Sputnik

“MIGRANT” gazetasi Rossiyada mehnat qilib yurgan oʻzbekistonliklar uchun moʻljallangan qiziqarli va foydali maʼlumotlar oʻrin olgan.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasi hududida haydovchilik guvohnomalari, Rossiyada ishlash va yashash uchun zarur boʻlgan registratsiyadan oʻtish, imtixon topshirish, patent olish boʻyicha tushuntirishlar berilgan.

Shuningdek, ushbu bepul gazeta orqali chet elliklar uchun boʻsh ish oʻrinlari haqida eʼlonlar berayotgan Yagona Migratsiya Markazi faoliyati, koʻrsatilayotgan boshqa xizmatlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berilgan.

Shuningdek, rus tili imtihoniga tayyorgarlik koʻrayotganlar esa test namunalaridan foydalanib, bilimlarini sinovdan oʻtkazishlari mumkin.

Gazetani Moskva va Moskva viloyatidagi migratsiya markazlari, Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasining konsullik boʻlimi oldida, “LeksMobayl” yuridik markazi, oʻzbek milliy taomlari choyxona va kafelardan topish mumkin.

Latest from Blog