Rossiyada mehnat migrantlari uchun avans soligʻi joriy etilishi mumkin

Rossiya IIV tomonidan ishlab chiqilgan Migratsiya masalalari toʻgʻrisidagi yangi federal qonun loyihasi konsepsiyasi doirasida mamlakatga ishga keladigan chet elliklar uchun avans toʻlovini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Darakchi.uz

Konsepsiyada qayd etilishicha, ushbu soliqni toʻlash uchun elektron patent rasmiylashtirish talab qilinadi. Mehnat migrantini yollamoqchi boʻlgan ish beruvchilar shaxsiy kabinetda roʻyxatdan oʻtib, maxsus shaklni toʻldirishi va xorijiy ishchi kuchini jalb qiluvchi ish beruvchilar reyestriga (RRPIRS) qoʻshilish uchun arizani elektron shaklda toʻldirishi kerak boʻladi.

Shuningdek, qonun loyihasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qatʼiy avans toʻlovi shaklida toʻlanmagan taqdirda, migrantlarga 15 kun ichida soliqni toʻlash haqida xabarnoma joʻnatiladi. Ushbu soʻrov bajarilmasa, chet el fuqarosining Rossiyada ishlashi taqiqlanishi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog