Rossiyada koronavirusga chalinishning kunlik oʻsishi biroz kamaydi

Rossiyada oʻtgan kun davomida koronavirusining 5449ta yangi holati aniqlandi va 94 ta oʻlim qayd etildi. Shuningdek, mamlakatda 2690 kishi toʻliq sogʻaygan.

Bir kunda aniqlangan holatlar soni boʻyicha yetakchi hududlar: Moskva – 650, Sankt-Peterburg – 206, Moskva viloyati – 166, Rostov viloyati – 162 va Nijniy Novgorod viloyatida – 159 nafarni tashkil qilgan. Moskva tezkor shtabining rasmiy telegram kanali maʼlumotiga koʻra, yangi tashxis qoʻyilgan holatlarning 23,5 foizida koronavirusining klinik belgilari aniqlanmagan.

Bugungi kunga kelib Rossiyada 1 062 811 ta COVID-19 kasalligi va 18578 ta oʻlim qayd etilgan hamda 876.225 nafar bemor tuzalgan.

Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasi 1,05 ga, Moskvada esa 1,02 foizga koʻtarildi, deb xabar berdi TASS.

Eslatib oʻtamiz, 4-sentabrdan beri Rossiyada har kuni koronavirus infeksiyasining 5000 dan ortiq yangi holatlari aniqlandi. Bungacha shunga oʻxshash statistik maʼlumotlar avgust oyining birinchi yarmida qayd etilgandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog