Rossiyada koronavirus bilan kasallanish soni 800 ming kishidan oshdi

Soʻnggi bir kun ichida Rossiyada koronavirusning yangi turini yuqtirganlar soni 5 811 kishiga koʻpaydi, deya xabar beradi Interfax.

Foto: Interfax

Ayni vaqtgacha mamlakatda 800 849 ta holat qayd etildi. Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 4 milliondan oshiq, Braziliyada 2,2 milliondan ortiq, Hindistonda 1,2 milliondan oshiq odam infeksiyani yuqtirib oldi.

Mamlakatda kun davomida 84 ta hududda yangi holatlar, Moskvada esa 645 ta yangi holatlar qayd etildi.

Poytaxtda jami 236 616 ta COVID-19 holati mavjud boʻlib, koronavirusni nazorat qilish boʻyicha tezkor boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, bir oy ichida yangi holatlar soni 20,5% ga kamaydi. Aprel oyidan beri rekord darajada past boʻlgan Moskvada uch haftadan koʻproq vaqt davomida kasallanish darajasi kuzatilmoqda.

Mamlakatda kuniga COVID-19 dan 154 kishi, butun davr mobaynida — 13 466 kishi vafot etgan.

Soʻnggi 24 soat ichida 8 444 kishi, butun davr mobaynida 588 774 kishi kasallikdan sogʻaydi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog